Shanxay shahrida O'zbekiston turizmi, madaniyati va milliy taomlari taqdimoti bo'lib o'tdi
May 24, 2025. 13:38 • 2 daq
• 69
SHANXAY, 26-may. /"Dunyo" AA/. Shanxay shahrida O'zbekiston turizmi, madaniyati va milliy taomlari taqdimoti o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Bosh konsulxonasi va "Shanghai Art Fair International Exhibition Co. Ltd." kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Xitoyning turli idoralari, sayyohlik kompaniyalari, madaniyat tashkilotlari, blogerlar, Shanxaydagi xorijiy diplomatiya vakolatxonalari vakillari va vatandoshlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar so'nggi yillarda O'zbekistonda sayyohlik va madaniyat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy turistlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, mamlakatimizning turizm salohiyati va imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Tadbirda ikki davlat rahbarlari tashabbusi bilan turizm sohasida katta yutuqlarga erishilayotgani, O'zbekistonga tashrif buyurayotgan xitoylik sayyohlar oqimi yildan-yilga ortib borayotganligi va mamlakatlarimiz o'rtasida aviareyslar soni haftasiga 60 taga yetkazilganligi ta'kidlandi.
Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida 1-iyundan boshlab O'zbekiston va Xitoy o'rtasida o'zaro vizadan ozod qilish to'g'risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirishi to'g'risida alohida qayd etildi. Shuningdek, shu yil 8 iyundan boshlab "Qanot Sharq" aviakompaniyasi tomonidan Toshkent va Shanxay shaharlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarning yo'lga qo'yilayotganligi xitoylik sayyohlar oqimini yana-da oshishiga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Shuningdek, O'zbekistonning tarixiy, madaniy va ziyorat turizmi bilan bir qatorda, yurtimizning gastronomik turizmi imkoniyatlari va milliy o'zbek taomlari haqida kelgan mehmonlarga batafsil so'zlab berildi. Xususan, o'zbek palovi YUNESKOning nomoddiy merosi ro'yxatiga kiritilganligi urg'ulandi.
Tadbir doirasida O'zbekistondan kelgan oshpazlar tomonidan palov tayyorlash bo'yicha master-klass o'tkazildi.
"Shanghai Art Fair International Exhibition Co. Ltd." kompaniyasi raisi Chjan Sin o'z nutqida o'zbek milliy taomi palov xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlik aloqalarini mustaxkamlashga xizmat qilishini ta'kidladi.
Tantanali marosim yakunida mehmonlarga o'zbekistonlik oshpazlar tomonidan tayyorlangan palov tortiq qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi