Logo

Polsha–Turkiya–O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlar oqimi oshiriladi

Noyabr 29, 2025. 13:40 • 54 soniya

113
Polsha–Turkiya–O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlar oqimi oshiriladi

VARSHAVA, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxadjayev “Turkish Airlines” aviakompaniyasining Varshavadagi vakolatxonasi rahbari Jengiz Incheosman bilan uchrashuv o‘tkazi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida Polsha–Turkiya–O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘ylab sayohat qilayotgan Yevropalik sayyohlar oqimini yanada oshirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Polsha va Yevropa Ittifoqi bozorlarida O‘zbekiston brendini targ‘ib qilish, mamlakatimiz uchun mintaqadagi mamlakatlar bilan ikki tomonlama turizm aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Polshada turizm bozori yillik o‘sish surʼatlarini namoyon qilmoqda, bu esa O‘zbekiston uchun yangi maqsadli auditoriyani jalb qilish imkoniyatini kengaytiradi.

Jengiz Incheosmanning taʼkidlashicha, “Turkish Airlines” aviakompaniyasi Polsha bozorida 25 yildan beri faoliyat yuritib, ushbu davr mobaynida mintaqaning yetakchi aviatashuvchilaridan biriga aylangan. Hozirgi kunda Istanbul–Varshava yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 18 ta muntazam reys amalga oshirilmoqda. Bu Markaziy Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga qulay tranzit imkoniyatlarini yaratib, sayohatchilar oqimini oshirishga turtki bermoqda.

Uchrashuvda 2024-yilda elchixona ko‘magida 12 ta yetakchi Polsha turkompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga tashkil etilgan safari yuqori baholandi. Bunday saʼy-harakatlar O‘zbekistonning turistik salohiyatiga qiziqishni sezilarli oshirib, qator Polsha kompaniyalari tomonidan yangi turpaketlarning ishlab chiqilishiga zamin yaratdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish