Logo

O'zbekistonga 2025-yilning dastlabki to'rt oyida 3 milliondan ortiq xorijiy sayyoh keldi

Iyun 30, 2025. 17:34 • 39 soniya

63
O'zbekistonga 2025-yilning dastlabki to'rt oyida 3 milliondan ortiq xorijiy sayyoh keldi

TOSHKENT, 30-iyun. / "Dunyo" AA/. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O'zbekistonga 3,1 million xorijiy sayyoh kelgan, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, ularning soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 987,9 ming kishiga yoki 46,4 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O'zbekistonga sayyohlik maqsadida eng ko'p xorijiy sayyohlar qo'yidagi mamlakatlardan kelgan:

-Qirg'iziston – 942,2 ming kishi;

-Tojikiston – 793,9 ming kishi;

-Qozog'iston – 617,2 ming kishi;

-Rossiya – 240,1 ming kishi;

-Afg'oniston – 156,6 ming kishi;

-Turkmaniston – 109,6 ming kishi;

-Turkiya – 49,4 ming kishi;

-Xitoy – 38,1 ming kishi;

-Hindiston – 22,6 ming kishi;

-Italiya – 11,1 ming kishi;

-boshqa davlatlar – 136,8 ming kishi.

Statistika qo'mitasi saytidan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish