O'zbekiston hududlari va Eronning Zanjon viloyati sheriklik aloqalari o'rnatadi
Oktabr 24, 2025. 18:59 • 41 soniya
• 25
ZANJON, 24-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev amaliy tashrif bilan Eronning Zanjon viloyatiga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif doirasida Zanjon viloyati gubernatori Moxsen Sodeqi, viloyat Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo'jaligi palatasi raisi Samad Yusefi va yetakchi ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Muloqot chog'ida ikki mamlakat o'rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, ijtimoiy va madaniy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, xorijiy tadbirkorlar va salohiyatli investorlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida aytib o'tildi.
Mazkur yo'nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish maqsadida biznes delegatsiyalarning o'zaro tashriflarini amalga oshirish, O'zbekiston hududlari va Zanjon o'rtasida qo'shma turlar tashkil etish, ta'lim sohasida professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish ikki tomon uchun ham manfaatli bo'lishi ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi