O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va nufuzli xalqaro yuridik kompaniya bilan hamkorlik o'rnatadi
May 13, 2024. 14:38 • 2 daq
• 156
LONDON, 13-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya Parlamenti Lordlar palatasi a'zosi lord Veyverli va "Curtis" xalqaro yuridik kompaniyasining Londondagi ofisi hamkori Mark Xammerson bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat davomida lord Veyverli bir vaqtning o'zida "Curtis" xalqaro yuridik kompaniyasining maslahatchi-vakili sifatida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o'zgarishlar, shu jumladan, xorijiy investorlarga yaratilib berilayotgan qulay sharoitlarni yuqori baholadi.
"So'nggi yillarda global geosiyosiy va iqtisodiy muammolar avj olayotgan paytda O'zbekiston iqtisodiyotining qariyb ikki barobar o'sgani hamda mamlakatda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilgani — bu mamlakatingiz hukumati tomonidan to'g'ri iqtisodiy siyosat olib borilayotganining yaqqol tasdig'idir" – dedi u.
"Curtis" xalqaro yuridik kompaniyasining hamkori Mark Xammerson, o'z navbatida, O'zbekistonda investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash va yirik shartnomalarni huquqiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha maslahat yordami ko'rsatish maqsadida respublika bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida "Curtis" xalqaro yuridik kompaniyasining Londondagi ofisi vakillaridan iborat delegatsiyaning O'zbekistonga amaliy safarini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
1830-yilda tashkil etilgan "Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle LLP" hozirgi kunda dunyodagi eng qadimgi va nufuzli yuridik kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
Kompaniya o'zining xalqaro tajribasi va transchegaraviy bitimlar va nizolar bo'yicha ixtisoslashuvi bilan mashhur.
Hozirgi kunda kompaniyaning London, Nyu-York, Vashington, Xyuston, Parij, Rim, Bryussel, Jeneva, Milan, Frankfurt, Pekin, Bogota, Buenos-Ayres, Mexiko, Dubay, Maskat, Ar-Riyoz, Olmaota, Ostona kabi shaharlarda ofislari mavjud.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi