O'zbekiston va Polsha ilmiy-tadqiqot institutlari qishloq xo'jaligi sohasida qo'shma innovatsion loyihalarni amalga oshiradi
Avgust 12, 2025. 14:26 • 41 soniya
• 52
SKIYERNEVITSA, 12-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Polshaning Skiyernevitsa shahridagi "Tha National Institute of Horticultural Reasearch" ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar doirasida institut rahbariyati va professor-o'qituvchilar va tadqiqotchilar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Unda institutning ilmiy-tadqiqot faoliyati, xususan bog'dorchilik, o'simliklar genetikasi, biotexnologiya, tuproqshunoslik va agrotexnika sohalaridagi innovatsion loyihalari xususida fikr almashildi.
O'zbekistonning qishloq xo'jaligi va eksport salohiyatini oshirish maqsadida institutning ilmiy-amaliy tajribasini o'rganish va qo'llash imkoniyatlari muhokama qilindi. Ayniqsa, mahsulotlarni eksport qilish jarayonida innovatsion texnologiyalar va yuqori zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O'zbekistonning tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari va "InHort instytut ogrodnic" instituti o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi