O'zbekiston va Ruminiya hamkorligini yuqori darajaga ko'tarish istiqbollari muhokama qilinmoqda
Oktabr 29, 2025. 10:01 • 36 soniya
• 151
BUXAREST 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi (qarorgohi Varshava shahrida joylashgan) Amirsaid Agzamxodjayev Ruminiya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Investitsiya va tashqi savdo agentligi vitse-prezidenti Doru-Klaudian Frunzulitsa bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar davomida avtomobilsozlik, qishloq xo'jaligi, veterinariya, elektrotexnika, farmatsevtika, to'qimachilik, kimyo sanoati, IT xizmatlari va transport-logistika sohalarida qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da kengaytirish hamda hukumatlararo iqtisodiy kengash faoliyatini tiklash va uning navbatdagi yig'ilishini o'tkazishga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar Sharqiy va Markaziy Osiyodan Yevropaga multimodal yuk tashishda "O'rta yo'lak"ning ajralmas qismi bo'lgan Ruminiyaning Konstanta porti imkoniyatlaridan foydalanish yuzasidan fikr almashdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi