Logo

10-12-dekabr kunlari Toshkentda Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi

Oktabr 22, 2025. 09:32 • 50 soniya

385
10-12-dekabr kunlari Toshkentda Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi

LONDON, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Xalqaro avtomobil federatsiyasi (Federation Internationale de l'Automobile – FIA) boshqarma boshlig'i Jonatan Refoy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv avvalida Jonatan Refoy FIA faoliyati va tashkilotning O'zbekiston tomoni bilan hamkorlik rejalari to'g'risida so'zlab berdi.

Joriy yilning 10-12-dekabr kunlari Toshkent shahrida FIA Bosh assambleyasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazilishi ma'lum qilindi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda FIAga a'zo dunyoning 149 mamlakatidan 245 dan ziyod vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.

Avtomobil xavfsizligi va ularning standartlarini belgilash, yo'l harakati xavfsizligi va ekologik barqarorlik bilan bog'liq masalalar, tirbandliklarni imkon qadar kamaytirish hamda shaharlarda avtotransportlarni boshqarish bo'yicha amaliy tavsiyalar berish, shuningdek, elektr va gibrid avtomobillarni ommalashtirish yo'nalishlarida manfaatdor idoralar bilan hamkorliklarni yo'lga qo'yishga tayyorlik bildirildi.

Xalqaro avtomobil federatsiyasi 1904-yili Parijda tashkil etilgan. Tashkilot jahon avtosportini muvofiqlashtirish, xavfsizlikni ta'minlash va avtomobil madaniyatini rivojlantirishga hissa qo'shadi. FIA shtab-kvartirasi Parijda joylashgan, shuningdek uning Londonda boshqaruv ofisi va Jenevada moliyaviy bo'linmasi ofislari mavjud.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish