Arab menejment, bank ishi va moliya akademiyasi O'zbekistonda o'z filialini ochishi mumkin
Aprel 14, 2025. 10:58 • 2 daq
• 303
QOHIRA, 14-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev Qohirada joylashgan Arab davlatlari uyushmasi huzuridagi Arab menejment, bank ishi va moliya akademiyasi rektori, doktor Mustafo Hodiyer bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Doktor Mustafo Hodiyer muloqot avvalida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuksak baholadi. U, shuningdek, mamlakatimiz bilan yaqindan hamkorlik qilish va yaqin istiqbolda akademiyaning Markaziy Osiyodagi filialini Toshkentda ochishga qiziqish bildirdi.
"Akademiya arab davlatlaridagi xalqaro moliya institutlari va yirik banklardan investitsiya jalb qilish, Yaqin Sharq moliya tizimini O'zbekiston bilan integratsiyasini mustahkamlash, bank ishi sohasida malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, Islom moliyasi bo'yicha hukumatga va banklarga tegishli konsultatsiyalar berishda ko'maklashishga tayyor", dedi Mustafo Hodiyer.
O'zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, Arab menejment, bank ishi va moliya akademiyasi 1988 yilda Arab banklar ittifoqi bosh assambleyasi va Arab ma'muriy rivojlanish tashkiloti tomonidan tashkil etilgan.
Akademiyaning bosh qarorgohi Qohira shahrida joylashgan. Uning Iordaniya, Suriya, Liviya, Sudan, Yaman, Falastin, Jibuti, Jazoir, Saudiya Arabistoni, Kuvayt va Malida filiallari bor. Akademiyada ta'lim ingliz, fransuz va arab tillarida olib boriladi.
Akademiya AACSB – Biznes ta'limi alyansi, Afrika universitetlari uyushmasi, Arab universitetlari uyushmasi va Xalqaro universitetlar uyushmasi a'zosi hisoblanadi.
Mazkur oliy ta'lim muassasasi tomonidan beriladigan diplom barcha arab davlatlarida e'tirof etiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi