BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida O'zbekistonning 2030-yilgacha sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasining taqdimoti o'tkazildi
Noyabr 29, 2024. 09:16 • 49 soniya
• 376
NYU-YORK, 29-noyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan tashkilotning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida O'zbekistonning 2030-yilgacha sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasining taqdimoti tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi va Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda BMT rahbariyati, turli ekspertlar, shuningdek, Nyu-Yorkda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari Strategiyaning asosiy yo'nalishlari, shuningdek, O'zbekistonda sun'iy intellektni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdilar. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan axborot texnologiyalarini rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etishga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.
Yig'ilganlarga O'zbekistonda sun'iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish, sun'iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi 10 ta ilmiy laboratoriya ochish, tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish bo'yicha me'yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash rejalari haqida so'zlab berildi.
Tadbir yakunida ushbu jabhadagi O'zbekiston va BMT o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi