Masqat shahrida O‘zbekiston va O‘mon yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Noyabr 16, 2026. 20:56 • 51 soniya

• 8
Masqat shahrida O‘zbekiston va O‘mon yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

TOSHKЕNT, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said “Al-A’lam” saroyida uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘mon Sultoni O‘zbekiston Prezidentini samimiy qutlab, mazkur tashrif ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladi.

Prezidentimiz yuksak ehtirom va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik izhor etib, tashrif o‘zaro munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda faol rivojlanib, siyosiy muloqot mustahkamlanayotgani, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar izchil kengayib borayotgani qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish