Masqat shahrida O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Noyabr 16, 2026. 20:27 • 54 soniya

• 22
Masqat shahrida O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOSHKЕNT, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Masqat shahridagi “Al-A’lam” saroyida davlat tashrifi bilan O‘mon Sultonligiga kelgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, saroyga yaqinlashganda, O‘zbekiston Prezidenti va O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said o‘tirgan avtomobilni otliq faxriy qorovul kutib oldi va kuzatib keldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga to‘plardan 21 marotaba tantanali o‘q uzildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.

Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladilar.

Tantanali marosimdan so‘ng saroyda oliy darajadagi uchrashuv boshlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish