O'zbekistonning boy merosi va sayyohlik salohiyati "NATO sherik davlatlari kuni-2025" madaniy tadbirida taqdim etildi
Iyun 09, 2025. 10:49 • 53 soniya
• 647
MONS, 9-iyun. /"Dunyo" AA/. Belgiyaning Mons shahrida joylashgan NATOning Birlashgan Qo'shinlari Bosh Qo'mondonligining operatsiyalar bo'yicha shtab-kvartirasida mazkur tuzilmaga a'zo va sherik davlatlar ishtirokida "NATO sherik davlatlari kuni-2025" madaniy tadbiri bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir NATOga a'zo va sherik davlatlar o'rtasidagi o'zaro anglashuv va do'stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilar o'zlarining boy madaniy merosi, milliy an'analari, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlarini namoyish etishdi.
Madaniy anjuman doirasida O'zbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi. Mamlakatimiz stendi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Mehmonlar e'tiboriga yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosini aks ettiruvchi fotosuratlar, o'zbek hunarmandlari tomonidan yaratilgan buyumlar va xalq amaliy san'ati namunalari taqdim etildi. Shuningdek, O'zbekistonning sayyohlik, madaniy va tarixiy salohiyati haqida ma'lumot beradigan broshyuralar, bukletlar va flayerlar tarqatildi.
Gastronomik qism doirasida mehmonlarga o'zbek milliy taomlari taklif etildi. Mazkur taomlar o'zining xilma-xilligi, betakror ta'mi va milliy xususiyatlari bilan yig'ilganlarga katta taassurot qoldirdi.
Tadbir ishtirokchilari, O'zbekistonning milliy madaniyati, taomlari va sayyohlik salohiyatini e'tirof etish barobarida, mamlakatimizga tashrif buyurish istagini bildirdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi