Britaniyaning nufuzli ta'lim tashkiloti tomonidan Toshkentda xalqaro seminar tashkil etiladi
Fevral 24, 2025. 07:01 • 44 soniya
• 112
LONDON, 24-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Britaniyaning "Association of MBAs and Business Graduates Association" (AMBA & BGA) ta'lim tashkilotining a'zolik masalalari bo'yicha direktori Viktor Xedenberg bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Britaniya ta'lim tashkiloti va O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, qo'shma ta'lim dasturlari, seminarlar va konferensiyalar tashkil etish masalalari xususida fikr almashildi.
Viktor Xedenberg O'zbekistonda oliy ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni va respublika yoshlarining sifatli ta'lim olishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi.
Uning aytishicha, AMBA O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni jadallashtirishga katta e'tibor qaratmoqda.
"Shu yil aprel oyida O'zbekistonga safari qilishni rejalashtiryapmiz. Safar davomida Toshkentda respublika biznes maktablari uchun "Unlocking the Potential of Management Education in Central Asia" mavzusida seminar tashkil etiladi. Unda, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining 50 dan ziyod delegatlari ishtirok etishi kutilmoqda", dedi Viktor Xedenberg.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi