Erondan munosabat: O'zbekiston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi muhim hamkoriga aylanib bormoqda
Oktabr 25, 2025. 15:02 • 2 daq
• 55
TEHRON, 25-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Eronning "ITNA Online" axborot agentligi bosh muharriri Yashar Niyoziy "Dunyo" AA uchun intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga buyurgan tashrifi yakunlari va O'zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasida imzolangan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitimning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Joriy yil 24-oktyabr kuni Bryusselda muhim voqea bo'lib o'tdi, ya'ni O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasida yangi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolandi. Hujjat O'zbekiston-Yevropa hamkorligini sifat jihatidan yangi strategik bosqichga ko'tarishga qaratilgan.
Kelishuv tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari, jumladan, noqonuniy migratsiya, korrupsiya, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, shuningdek, chegaralarni boshqarish va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishni takomillashtirish bo'yicha faol hamkorlikni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, so'nggi yillarda O'zbekiston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi muhim hamkoriga aylanib bormoqda. Joriy yilning aprel oyida tomonlar o'zaro anglashuv memorandumini imzolagan bo'lib, u Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uchun alohida ahamiyatga ega bo'lgan mis, litiy, alyuminiy, titan, platina, grafit, nikel, kobalt va boshqalar kabi muhim xom ashyolarda barqaror qiymat zanjirlarini rivojlantirish bo'yicha strategik hamkorlikni yo'lga qo'ygan edi.
O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2020-yildan buyon ikki baravar ko'payib, 6,4 milliard yevroga yetdi.
Yangi bitimning imzolanishi har ikki tomon uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Xususan, Yevropa tomoni uchun O'zbekiston va Markaziy Osiyo uchun transport-logistika zanjirlarini barqarorlashtirish hamda muhim xomashyodan muqobil foydalanish imkoniyatini beradi. O'zbekiston uchun Yevropa Ittifoqi yangi tashqi bozorlarni topish, xalqaro hamjamiyat e'tiborini suv va iqlim muammolari, mintaqaviy xavfsizlik va tashqi siyosatdagi sheriklarini diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi