Logo

O'zbekiston diplomatlari Rossiyaning Chelyabinsk viloyati mutasaddilari bilan hamkorlik istiqbollarini kelishib oldilar

May 28, 2025. 11:28 • 38 soniya

141
O'zbekiston diplomatlari Rossiyaning Chelyabinsk viloyati mutasaddilari bilan hamkorlik istiqbollarini kelishib oldilar

ChELYABINSK, 28-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxona xodimlari xizmat safari bilan Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston diplomatlari safari davomida Janubiy Ural davlat agrar universiteti, Janubiy Ural savdo-sanoat palatasi va "Makfa" oziq-ovqat korxonasi rahbariyati bilan muzokara o'tkazdilar.

Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda oliy ta'lim sohasida akademik hamkorlikni jadallashtirish, qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish, vatandosh talabalar huquqlarini munosib himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Chelyabinsk viloyatiga mutasaddilari bilan joriy yilning ikkinchi choragida mahalliy tadbirkorlardan iborat biznes-missiyani mamlakatimiz hududlariga biznes-missiyani tashkil etish, Chelyabinskdan O'zbekiston shaharlariga to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish va sayyohlik yo'nalishida hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashildi.

"Makfa" oziq-ovqat korxonasi rahbariyati kechgan muloqot chog'ida O'zbekistonda qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish