Britaniyalik taniqli rassom O'zbekiston ijodkorlari bilan hamkorlikdan manfaatdor
Aprel 28, 2025. 10:00 • 54 soniya
• 64
LONDON, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida britaniyalik taniqli rassom va hunarmand Maaida Nur bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida Maaida Nur amaliy san'atdagi faoliyati va o'quv-amaliy dasturlari to'g'risida to'xtaldi. Uning aytishicha, O'zbekiston tarixiy obidalardagi naqshlar va yozuvlarni o'rganish juda ko'plab ijodkorlarda katta qiziqish uyg'otyapti.
Jumladan, geometrik va nafis naqshlarni chizish orqali tarix, geografiya, san'at, dizayn, urf-odat va madaniyatlar kesishishini bilish va undan zavqlanish barchaga manzur bo'lmoqda.
"O'zbekistonda san'at va madaniyat yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlarni e'tirof etish kerak. Men ham ushbu yangilanishlarda faol qatnashish maqsadida o'zbek rassomlari va hunarmandlari bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdorman. Yurtingizda shaxsiy ko'rgazmamni tashkil etish niyatim ham yo'q emas", dedi britaniyalik rassom.
Uchrashuv yakunida mazkur yo'nalishdagi hamkorlik aloqalarini faollashtirishga kelishib olindi.
Maaida Nurning asarlarida islom madaniyatiga xos bo'lgan nafis geometrik chizgilar va naqshlar hamda turli xil ornamentlar o'rin egallagan. U faoliyatini 2009 -yilda Londondagi "Mica Gallery" ijod uyida boshlagan. Maaida Nur Britaniyada bir qancha shaxsiy ko'rgazmalarini tashkil qilgan. Ijodkor Britaniyadagi arxitektura kompaniyalari, muzeylar va san'at galereyalari bilan ham faol hamkorlikni yo'lga qo'yilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi