Kuvayt bilan sog'liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi
Fevral 18, 2024. 13:04 • 55 soniya
• 168
AL-KUVAYT, 18-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Kuvaytning «Adan Hospital» klinikasi shifokori, yirik sarmoyador Muhammad Hasan al-Kandari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda tibbiyot sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari hamda amalga oshirilgan va oshirilishi ko'zda tutilgan loyihalar muhokama etildi.
Kuvayt tomoniga O'zbekistonda sog'liqni saqlash sohasida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, mazkur jabhada xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, poliklinika va shifoxonalarni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta'minlash bo'yicha ko'rilayotgan muhim ishlar haqida so'zlab berildi.
Tomonlar O'zbekistonda yosh bolalarda ko'z va yurak bo'yicha jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashdilar.
Muhammad Hasan al-Kandari 2022-yil sentyabr oyida Kuvaytning "An-Nur" xayriya jamg'armasi va "HOPE" tashkiloti vakillaridan iborat delegatsiyasi tarkibida O'zbekistonda bo'lganini hamda turli jarrohlik amaliyotlarini o'tkazganini ta'kidladi.
Kuvayt vakili, shuningdek, O'zbekistonda «Training center» tibbiyot o'quv markazini ochish taklifini bildirdi. Ta'kidlanishicha, markaz o'zbekistonlik shifokorlar va hamshiralarni malakasini oshirish orqali Kuvayt shifoxonalariga ishlash uchun jalb qilinadi.
Muzokaralar yakunida mazkur masalani batafsil muhokama qilish maqsadida O'zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilish to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi