O‘zbekiston va Vengriya ta’lim va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Oktabr 07, 2026. 12:00 • 2 daq

• 169
O‘zbekiston va Vengriya ta’lim va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

BUDAPЕSHT, 7-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasida Obuda universiteti rektorining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi Antal Nemet bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida oliy ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida O‘zbekiston–Vengriya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Obuda universitetining O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari bilan qo‘shma tashabbuslarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Jizzaxdagi Ilmiy-innovatsion texnoparkni yanada rivojlantirish masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Vengriya tomoni Obuda universitetining qo‘shma ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalardagi ishtirokini davom ettirish va kengaytirishga qiziqish bildirdi. Xususan, muhandislik ta’limi, akademik mobillik, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha takliflar aytildi.

Kimyo sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va favqulodda vaziyatlarni boshqarishning zamonaviy usullari bo‘yicha sheriklikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Hamkorlikni yanada rivojlantirish doirasida 2026-yil oktabr oyida Obuda universiteti vakillarining O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan. Tashrif davomida mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari va tegishli vazirlik hamda idoralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish, O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi uzoq muddatli akademik, innovatsion sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish