O‘zbekiston va Yaponiya AKT sohasida yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

Oktabr 07, 2026. 18:00 • 2 daq

• 154
O‘zbekiston va Yaponiya AKT sohasida yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

TOKIO, 7-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Yaponinyaning «BHN Association» tashkiloti maslahatchisi Kazuxisa Konoma bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida axborot texnologiyalari sohasida kadrlar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

1992-yilda tashkil etilgan «BHN Association» tashkiloti 1998-yildan buyon Yaponiyaning «NTT» axborot-kommunikatsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash dasturi bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda.

Tashkil etiladigan malaka oshirish dasturlari doirasida ilg‘or axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, ijtimoiy muammolar yechimi, energetika va boshqa sohalar bo‘yicha bilim beriladi. Hozirga qadar 20 nafardan ziyod o‘zbekistonlik mutaxassis ushbu dasturda ishtirok etgan.

Muloqot davomida mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni davom ettirish, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun stajirovka va malaka oshirish dasturlarini yanada kengaytirish, axborot texnologiyalari sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish