Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi texnikumga Sankt-Peterburgdan 35 dona tikuv mashinasi topshirildi
Oktabr 03, 2026. 09:10 • 2 daq
• 207SANKT-PETERBURG, 3-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi hamda ushbu shahardagi vatandoshlar tomonidan Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 1-son texnikumga 35 ta tikuv mashinasi topshirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Mazkur xayriya tadbiri O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan o‘tkazilib, yurtimizdagi ta’lim muassasalarini moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va ularning bandligini ta’minlashga qaratildi.
Diplomatlar va vatandoshlar tomonidan taqdim etilgan tikuv mashinalari texnikum o‘quvchilarining tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi va kelgusida munosib ish topishiga ko‘maklashadi.
Chet eldagi vatandoshlar va diplomatik muassasalar tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlash yurtimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shilayotgan muhim hissadir. Mazkur xayriya aksiyasini kelgusida ham davom ettirish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxona ko‘magida umumiy qiymati 1 million 302 ming 515 rubllik zamonaviy ko‘cha sporti jihozlari partiyasi beg‘araz ravishda O‘zbekistonga olib kelingan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




