Logo

O'zbekiston yosh diplomatlari O'monda malaka oshiradi

Avgust 14, 2025. 07:36 • 37 soniya

143
O'zbekiston yosh diplomatlari O'monda malaka oshiradi

MASKAT, 14-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O'mon Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi rahbari Xumeyd al-Maaniy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'mon Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi rahbari Xumeyd al-Maaniy muloqot avvalida joriy yilning aprel oyida Toshkentda malaka oshirgan o'monlik yosh diplomatlar nomidan O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya professor-o'qituvchilariga yuqori darajada tashkil etilgan kurslar uchun minnatdorlik bildirdi.

Muloqot chog'ida, O'monda o'zbekistonlik yosh diplomatlar uchun diplomatik kurslarni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur kurslarni 2026-yilning birinchi choragida o'tkazish va tashkiliy ishlar bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish maqsadida O'zbekiston va O'mon Diplomatik akademiyalari rahbarlari o'rtasida onlayn uchrashuv o'tkazishga kelishib oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish