O'zbekiston elchisi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi siyosiy direktori bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildi
Avgust 15, 2025. 09:48 • 37 soniya
• 239
LONDON, 15-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining siyosiy direktori o'rinbosari Sharlotta Pyer bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat davomida Britaniya tomoniga Yangi O'zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Tomonlar O'zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashdi.
Yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o'zaro aloqalarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar yuqoridagi yo'nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo'yicha mavjud salohiyatni ro'yobga chiqarish qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida diplomatik muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi