O'zbekiston elchisi "Rossiya va MDH xalqlari" xalqaro festivalida ishtirok etdi
Noyabr 02, 2025. 10:45 • 2 daq
• 122
MOSKVA, 3-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Botirjon Asadov "Rossiya xalqlari. Yagona maqsadlar – turli yondashuvlar" Umumrossiya forumi doirasida o'tkazilgan "Rossiya va MDH xalqlarining tarixiy xotirasini himoya qilish" mavzusidagi seksiya majlisida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur tadbirda asosiy ma'ruzachi sifatida Rossiya Prezidenti huzuridagi Gumanitar siyosat bo'yicha boshqarma boshlig'i Vladimir Bocharnikov, Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Mixail Galuzin, Qirg'iziston davlat kotibi Marat Imanqulov, Rossiya harbiy-tarixiy jamiyati ilmiy direktori Mixail Myagkov hamda Qozog'iston elchisi Dauren Abayev, O'zbekiston elchisi Botirjon Asadov ishtirok etdi.
Yig'ilishda O'zbekiston elchisi ma'ruza qilib, o'zbek xalqining MDH makonida millatlararo hamjihatlik va o'zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qo'shgan hissasi haqida batafsil so'z yuritdi.
Elchi ishtirokchilarga o'zbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaga qo'shgan katta hissasi haqida ma'lumot berdi. O'zbekistonliklarning front chizig'ida munosib jang qilgani, front ortida esa g'alaba uchun zarur barcha moddiy ta'minotni ta'minlashda fidokorona mehnat qilganini alohida ta'kidladi.
O'zbekiston elchisi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent shahrida "G'alaba bog'i" yodgorlik majmuasi barpo etilgani haqida ham ma'lumot berdi. Mazkur bog' o'zbek xalqiga xos jasorat va fidoyilikni, ularning fashizmga qarshi kurashdagi ulkan hissasini ifoda etib, bobolarimiz qahramonligini abadiylashtirishini alohida e'tirof etdi.
Shuningdek, Botirjon Asadov Ikkinchi jahon urushidagi umumiy g'alaba – mintaqada mamlakatlar o'rtasida birdamlik, do'stlik va hamkorlikni mustahkamlashda mustahkam zamin yaratishini bildirdi. O'zbekistonning MDH davlatlari bilan qo'shnichilik va hamkorlik munosabatlari aynan shunday do'stona ruhning yorqin namunasi ekanini qayd etdi.
O'z navbatida, Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari
Mixail Galuzin MDH o'rtasida tarixiy xotirani saqlash va himoya qilish maqsadida amalga oshirilayotgan qo'shma tadbirlar haqida ma'lumot berdi. Uning so'zlariga ko'ra, mazkur festivalning tashkil etilishi Rossiya va MDH xalqlari o'rtasida do'stona va ishonchli munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi