Logo

Islomobodda O'zbekiston va Xalqaro parlamentariylar kongressi o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi

Iyul 07, 2025. 15:45 • 48 soniya

91
Islomobodda O'zbekiston va Xalqaro parlamentariylar kongressi o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi

ISLOMOBOD, 7-iyul. / "Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchisi Alisher To'xtayev Xalqaro parlamentariylar kongressi (qarorgohi Islomobod shahrida joylashgan) bosh kotibi Sitara Ayaz bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat avvalida Sitara Ayaz 2023-yilda O'zbekistonda bo'lib o'tgan muddatidan oldin prezidentlik saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashganini iliq xotirlab, saylovning yuqori darajada va xalqaro ovoz berish standartlariga mos ravishda tashkil etilganini ta'kidladi.

Pokiston Senati raisi Yusuf Raza G'iloniyning Toshkentga tashrifi hamda Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasi doirasidagi muzokaralar ikki mamlakat o'rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilgani qayd etildi.

Tomonlar Parlament delegatsiyalari almashinuvi, qonun chiqaruvchi organlar va bevosita qonun ijodkorligida xotin-qizlar ishtirokini kengaytirish hamda madaniy hamkorlikni faollashtirish bo'yicha aniq takliflarni muhokama qildilar.

"O'zbekiston Oliy Majlisi bilan institutsional hamkorlikni kengaytirish hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan barcha taklif va loyihalarni to'liq qo'llab-quvvatlaymiz", – dedi Xalqaro parlamentariylar kongressi bosh kotibi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish