Lissabonda Samarqand shahrida o'tkaziladigan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasiga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri o'tkazildi
Noyabr 25, 2024. 13:17 • 2 daq
• 234
LISSABON, 23-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tomonidan Farg'ona politexnika instituti bilan birgalikda Portugaliya poytaxtida 2025-yilda Samarqand shahrida o'tkaziladigan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasiga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri tashkil etildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Portugaliya Savdo-sanoat palatasi binosida o'tkazilgan mazkur tadbir davomida O'zbekistonning iqtisodiy va turizm salohiyati taqdimoti hamda mamlakatimizning YUNESKO Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan obyektlari, madaniy va turistik salohiyati to'g'risidagi videoroliklar namoyish etildi.
O'zbekistonning YUNESKOning Umumjahon nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro'yxatiga kiritilgan namunalarning namoyishi, shu jumladan mazkur ro'yxatdan o'rin olgan "Shashmaqom", "Lazgi", "Baxshi", "Boysun folklori" namunalari ko'rsatildi.
Bundan tashqari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmasi hamda YUNESKOning Umumjahon nomoddiy madaniy merosiga kiritilgan o'zbek atlasi va adrasi, miniatyura san'ati namunalari namoyish tashkil etildi.
"Bahor" raqs ansambli tomonidan taqdim etilgan madaniy dastur yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbirda O'zbekiston elchisi Nodir G'aniyev, Farg'ona politexnika instituti rektori O'ktam Salomov, Portugaliya Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Nuno Pinto de Magalesh, Portugaliya Sanoat uyushmasi vitse-prezidenti Jorj Paish ma'ruza qildilar.
"O'zbekiston boy tarixga ega buyuk davlat. Bir hafta oldin ushbu ajoyib davlatga sayohat qildik. Men O'zbekistonni mehmondo'st xalq, go'zal va betakror obidalar va mazali taomlar mamlakati deb atayman" – dedi Portugaliya Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Nuno Pinto de Magalesh. – O'zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar chet ellik investorlarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. Men portugal kompaniyalarini O'zbekiston bozoriga kirishga va yaqindan hamkorlik chaqiraman".
Portugaliya Sanoat uyushmasi vitse-prezidenti Jorj Paish o'z ma'ruzasida joriy yil 27-oktabr kuni O'zbekistonda o'tkazilgan parlament saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashganini va respublikada olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijalariga shaxsan guvoh bo'lganini ta'kidladi.
"O'zbekistonda jahon andozalari asosida demokratik saylovlar bo'lib o'tdi. Ishonamanki, ushbu saylovlar natijasida saylangan deputatlar mamlakat rivojiga o'z hissalarini qo'shadi. O'zbekiston tarixan Buyuk ipak yo'lida joylashgan mamlakat bo'lib, hozirda turizm sohasida ulkan ishlar qilmoqda. Bunga 100 yaqin davlatlar uchun viza tartibi bekor qilinganligi yaqqol dalildir. Portugaliya va O'zbekiston turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega", – dedi Jorj Paish.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi