O'zbekiston va Vengriya ichki ishlar xodimlari malakasini oshirish yo'nalishida hamkorlik qiladi
Iyul 07, 2025. 07:12 • 30 soniya
• 596
BUDAPESHT, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya ichki ishlar vazirining Yevropa Ittifoqi va xalqaro aloqalar bo'yicha katta maslahatchisi Matyash Xedyalay bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida ichki ishlar sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, ikki davlatning tegishli vazirliklari o'rtasida hamkorlik bo'yicha "yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Jamoat xavfsizligi, huquq-tartibotni ta'minlash, xodimlar malakasini oshirish kabi yo'nalishlarda amaliy hamkorlikni mustahkamlash va sheriklikni rivojlantirishdan o'zaro manfaatdorlik ta'kidlandi.
Uchrashuv o'zaro anglashuv va konstruktiv muhitida bo'lib o'tdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi