Tokioda O'zbekiston va Yaponiya parlamentlararo hamkorligini yanada jadallashtirish istiqbollarini muhokama qilindi
Oktabr 19, 2025. 12:56 • 38 soniya
• 272
TOKIO, 19-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Muxsinxo'ja Abdurahmonov Yaponiya parlamentining Vakillar palatasi deputati, parlamentning O'zbekiston bilan do'stlik ligasi ijro qo'mitasi raisi o'rinbosari Xajime Sasaki bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tomonlar O'zbekiston va Yaponiya parlamentlararo hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari xususida fikr almashdilar.
O'zbekiston Prezidentining 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga ko'tarib, o'zaro savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta'lim va turizm kabi sohalarni rivojlantirishga juda katta hissa qo'shgani qayd etildi.
Xajime Sasaki O'zbekiston va Yaponiyani uzoq yillik tarix, o'zaro do'stona va ishonchga asoslangan aloqalar bog'lab turishini ta'kidladi.
U, shuningdek, Yaponiya parlamentining O'zbekiston bilan do'stlik ligasi a'zolari bilan birgalikda ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish uchun o'z hissasini qo'shishga tayyorligi bildirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi