Logo

O'zbekiston adabiyoti, san'ati va turizm salohiyati Guanchjouda o'tgan xalqaro ko'rgazmasida namoyish etildi

Avgust 22, 2025. 12:45 • 46 soniya

46
O'zbekiston adabiyoti, san'ati va turizm salohiyati Guanchjouda o'tgan xalqaro ko'rgazmasida namoyish etildi

GUANCHJOU, 22-avgust. /"DunyoAA/. Shu yilning 16-19-avgust kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida o'tkazilgan "Southern China Book Fair" xalqaro ko'rgazmasida O'zbekiston milliy stendi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yurtimiz stendida mamlakatimiz adabiy muhiti, san'ati, va turizmi salohiyatiga bag'ishlangan materiallar, hunarmandchilik va to'qimachilik mahsulotlari namoyish etildi, shuningdek, o'zbek milliy taomlari taqdim etildi.

Ko'rgazma maydonida O'zbekistonning madaniy va gastronomik turizmi salohiyati hamda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning taqdimotlari o'tkazildi.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston stendi ko'rgazma tashkilotchilari va mehmonlarida katta qiziqish uyg'otdi.

"Southern China Book Fair" 33 yildan buyon muntazam o'tkazib kelinayotgan Xitoydagi nufuzli xalqaro ko'rgazmalardan biri hisoblanadi. Mazkur tadbir xorijiy davlatlarning madaniyati, san'ati, adabiyoti va turizm salohiyatini ommalashtirish uchun noyob platforma bo'lib xizmat qilmoqda.

Joriy yilgi ko'rgazmaga 2 milliondan ortiq kishi keldi hamda salkam 800 ga yaqin mahalliy va xorijiy OAV tomonidan keng yoritib borildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish