O'zbekiston va Sloveniya oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni jadallashtiradi
Iyun 06, 2025. 14:17 • 38 soniya
• 142
LYUBLYANA, 6-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Sloveniya oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Igor Papich bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Vazir Igor Papich muloqot avalida O'zbekiston Prezidentining 2025-yil 21-22-may kunlari Sloveniyaga buyurgan rasmiy tashrifi chog'ida erishilgan kelishuvlarni to'liq amalga oshirishga qat'iy sodiqligini ta'kidladi.
Shuningdek, Sloveniya tomoni hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari, jumladan, akademik almashinuv, til dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida qo'shma tashabbuslarni amalga oshirish bo'yicha faol hamkorlikka tayyorligini tasdiqladi.
Ikki davlatning tegishli idoralari va oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator amaliy qadamlar bo'yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar keyingi harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida ikki tomonlama muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi