Logo

O'zbekiston elchisi Polshaning Sharqiy Yevropa tadqiqotlari instituti jamg'armasi direktori bilan uchrashdi

Iyul 17, 2024. 11:04 • 31 soniya

223
O'zbekiston elchisi Polshaning Sharqiy Yevropa tadqiqotlari instituti jamg'armasi direktori bilan uchrashdi

VARSHAVA, 18-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polshaning Sharqiy Yevropa tadqiqotlari instituti jamg'armasi direktori Yeji Boxinskiy bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, yurtimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish va savdo aloqalarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Hamkorlikda iqtisodiy tadbirlar, biznes forumlar, anjumanlar va ilmiy seminarlar tashkil etishga e'tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida jamg'arma bilan hamkorlikda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarining biznes-missiyalarini tashkil etish va o'zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida muloqotlarni davom ettirish to'g'risida kelishilib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish