O'zbekiston va Malayziya oliy ta'lim muassasalari o'rtasida iqlim o'zgarishi sohasida hamkorlik aloqalari o'rnatiladi
Mart 01, 2025. 07:50 • 2 daq
• 115
KUALA-LUMPUR, 1-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Iqlim o'zgarishi instituti direktori Zayni Zakavi bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Institut jamoasiga respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyotga o'tish borasida olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar hamda O'zbekiston Prezidentining BMT Iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasida (COP-28) ilgari surgan tashabbuslari haqida atroflicha ma'lumot berildi. Mamlakatimizda ushbu sohada inson kapitalini rivojlantirishga katta e'tibor berilayotgani ta'kidlanib, Toshkentdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti ("Yashil universitet") faoliyati haqida to'xtalib o'tildi.
Malayziya Iqlim o'zgarishi instituti Toshkentdagi "Yashil universitet", O'zbekiston Milliy universiteti hamda Buxoro va Samarqand davlat universitetlari bilan qo'shma tadqiqot, malaka oshirish, ilg'or tajriba almashish kabi yo'nalishlarda hamkorlik o'rnatishga tayyorligini bildirdi.
Zayni Zakavi hozirgi kunda institut tarkibida Yerni kuzatish markazi, Kosmik fanlar markazi, Tropik iqlim o'zgarishi markazi va Atrof-muhit boshqaruvi markazi faoliyat yuritishini ma'lum qildi. Malayziyada iqlim o'zgarishi mavzusidagi tadqiqot va statistik ma'lumotlardan keng omma foydalanishi uchun institut tomonidan maxsus veb-portal yuritilishini ta'kidladi.
Muhokamalarda iqlim o'zgarishi, barqaror rivojlanish, qishloq xo'jaligi, qayta tiklanadigan energetika kabi mavzularda qo'shma tadqiqotlar olib borish, sohada innovatsiya va texnologiyalar transferini amalga oshirish, ekologik muammolarni hal etish va ularning salbiy oqibatlarini yumshatish bo'yicha seminar va treninglar o'tkazish, doktorant va magistrlarning Malayziyada amaliyotini tashkil qilish bo'yicha rejalar belgilab olindi.
Malayziya Iqlim o'zgarishi instituti direktorining O'zbekistonga tashrifini tashkil qilish va uning 2025 yil aprel oyida "Markaziy Osiyo global iqlim muammolari qarshisida: umumiy farovonlik yo'lida birlashish" mavzusidagi Samarqand xalqaro konferensiyasida ishtirok etishi bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi