Logo

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari O'zbekistonning Misrdagi elchixonasida amaliyot o'tamoqda

Sentabr 06, 2025. 11:36 • 44 soniya

190
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari O'zbekistonning Misrdagi elchixonasida amaliyot o'tamoqda

QOHIRA, 6-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalari O'zbekistonning Misrdagi elchixonasida amaliyot o'tamoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur tashabbus O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etildi. Dasturning asosiy maqsadi xalqaro munosabatlar yo'nalishida tahsil olayotgan yosh kadrlarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliy jarayonlarga jalb etishdir.

Amaliyot ishtirokchilari elchixona faoliyatining turli yo'nalishlari bilan yaqindan tanishib, ikki tomonlama siyosiy muloqot, konsullik xizmatlari, madaniy diplomatiya, savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda ommaviy axborot bilan ishlash jarayonlari bilan tanishmoqda. Shuningdek, Misr va O'zbekiston o'rtasidagi do'stona munosabatlarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladigan qator qo'shma loyihalarda ishtirok etmoqda.

Amaliyot dasturi talabalar uchun nafaqat kasbiy mahorat va amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini yaratadi, balki O'zbekiston tashqi siyosatini targ'ib etish va mamlakatimizning xalqaro nufuzini yuksaltirishga ham o'z hissasini qo'shadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish