Jahon shaxmat toji uchun bahs durang bilan boshlandi
Noyabr 25, 2026. 11:00 • 54 soniya
• 8TOSHKЕNT, 25-noyabr. /“Dunyo” AA/. Javohir Sindarov va Gukesh Dommaraju o‘rtasida jahon shaxmat toji uchun kechayotgan bellashuvning birinchi partiyasi durang bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Birinchi partiyada Javohir Sindarov oq, Gukesh Dommaraju qora donalarda harakat qildi. Har ikki shaxmatchi aniq va puxta harakatlar namoyish etgan partiya 38-yurishda durang bilan yakunlandi. Natijada uchrashuvdagi hisob 0,5:0,5 ko‘rinishini oldi.
Partiyadan keyingi matbuot anjumanida Javohir Sindarov dastlabki bahsda ehtiyotkor taktikani tanlagani va o‘yin muhitiga moslashib olishni maqsad qilganini ta’kidladi.
Musobaqaning ikkinchi partiyasi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Bu safar Gukesh Dommaraju oq, Javohir Sindarov qora donalarda o‘ynaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


