O'zbekiston va Qozog'iston Orolbo'yi aholisi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan qo'shma dasturlarni amalga oshiradi
Avgust 25, 2025. 12:17 • 55 soniya
• 171
OSTONA, 25-avgust. /"Dunyo"AA/. Mamlakatimiz elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog'iston sog'liqni saqlash vaziri Aqmaral Alnazarova bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot chog'ida sog'liqni saqlash sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari, jumladan Orolbo'yi aholisi salomatligiga ta'sir etuvchi ekologik omillarni bartaraf etishga qaratilgan qo'shma dasturlar muhokama qilindi.

Jumladan, Orolbo'yi mintaqasi uchun profilaktika va salomatlikni yaxshilashga qaratilgan qo'shma dastur doirasida 2026-yil aprel oyida Ostonada o'tkazilishi rejalashtirilgan mintaqaviy ekologik sammitga tayyorgarlikning borishi ko'rib chiqildi.
Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikni kengaytirish, xususan, mazkur tuzilma vakillarining shu yil 15-16 sentyabr kunlari Qoraqalpog'istonga bo'lib o'tadigan amaliy safari doirasida yangi loyihani boshlash va uch tomonlama bitimni imzolash yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tomonlar Nukus shahrida diagnostik laboratoriyalar tarmog'ini yaratish va uni qozog'istonlik salohiyatli kompaniya boshqaruviga berish tashabbusini qo'llab-quvvatladilar.
O'zbekiston Prezidentining 2024-yil avgust oyida Ostonaga qilgan tashrifi yakunlari bo'yicha ishlab chiqilgan "yo'l xaritasi"ga kiritilgan loyihalarning amaliy ijrosi ko'rib chiqildi.
Muloqot yakunida Sanitariya-epidemiologiya sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi bitimning yangilangan tahririni tezkor kelishish va imzolashga tayyorlash va boshqalar to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi