O‘zbekiston elchisi Bishkekdagi investitsiya forumida qatnashdi

Noyabr 27, 2026. 14:30 • 2 daq

• 36
O‘zbekiston elchisi Bishkekdagi investitsiya forumida qatnashdi
O‘zbekiston elchisi Bishkekdagi investitsiya forumida qatnashdi

BISHKЕK, 27-noyabr. /“Dunyo” AA/. Qirg‘iziston poytaxtida bo‘lib o‘tgan “Bishkek Investment Forum – BIF 2026” xalqaro investitsiya forumida O‘zbekiston elchixonasi vakillari ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Forum “Markaziy Osiyo – 2030. Bozor imkoniyatlari” mavzusida o‘tkazildi. Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishiga bag‘ishlangan birinchi yalpi sessiyada O‘zbekiston elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev ma’ruza qildi.

Elchi ushbu loyiha nafaqat transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishi, balki ikki davlat tadbirkorlari uchun yangi bozorlarni ochishi, mahsulot yetkazib berish geografiyasini kengaytirishi hamda ishlab chiqarish zanjirlarini yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston elchisi Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Erlist Akunbekov bilan uchrashdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi kooperatsiya va transport-logistika imkoniyatlaridan foydalanish masalalarini muhokama qildi.

Shu bilan birga, qirg‘izistonlik tadbirkorlarning Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro forumda ishtirok etishi bo‘yicha tegishli kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish