Berlinda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish masalasi muhokama etildi
Avgust 06, 2025. 17:02 • 39 soniya
• 202
BERLIN, 5-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov ushbu mamlakat Tashqi ishlar vazirligining Yevropa bo'yicha davlat vaziri Gyunter Krixbaum bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida vazir Gyunter Krixbaum O'zbekistonda siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni ijobiy baholadi.
Markaziy Osiyoda do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash borasida O'zbekiston tomonidan olib borilayotgan sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.
Suhbat davomida O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi hamkorlik so'nggi yillarda yangi bosqichga ko'tarilgani, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar izchil rivojlanib borayotganligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida barcha darajalarda muntazam va samarali muloqotni kengaytirish, shuningdek, hukumatlar va parlamentlar o'rtasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik mexanizmlari doirasida birgalikdagi faol ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi