Logo

O'zbekiston va Vengriya qishloq joylarini raqamlashtirish bo'yicha loyihalarni birgalikda amalga oshiradi

Iyul 30, 2025. 07:33 • 31 soniya

493
O'zbekiston va Vengriya qishloq joylarini raqamlashtirish bo'yicha loyihalarni birgalikda amalga oshiradi

BUDAPESHT, 30-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya davlat boshqaruvi va hududlarni rivojlantirish vaziri Tibor Navrachich bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Vengriya o'rtasidagi strategik sheriklikni davlat boshqaruvi, raqamlashtirish, kadrlar tayyorlash, hududlararo hamkorlik va barqaror rivojlanish sohalarida chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Vengriya tomoni faol tajriba almashish va qo'shma tashabbuslarni amalga oshirish, jumladan, qishloq joylarini raqamlashtirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha keyingi qadamlarni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish