Islomobodda O'zbekiston va Pokiston parlamentlararo hamkorligini faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi
Iyun 18, 2025. 07:24 • 2 daq
• 115
ISLOMOBOD, 18-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev Pokiston Milliy Assambleyasi spikeri Sardar Ayaz Sadiq bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Pokiston parlamenti spikeri mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonini yuqori baholab, O'zbekiston bugungi kunda xalqaro maydonda faol, muvozanatli va konstruktiv siyosat olib borayotgani, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, barqaror rivojlanishni ta'minlash va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish borasida ilgari surayotgan tashabbuslarning muhim ahamiyatni e'tirof etdi.
Spiker Sardar Ayaz Sadiq, shuningdek, qonun chiqaruvchi organlar o'rtasidagi faol muloqot oliy darajada erishilgan kelishuvlarning samarali ijrosini ta'minlash, siyosiy va iqtisodiy kelishuvlarni amalga oshirishda muhim poydevor ekanini ta'kidlab, ikki davlat parlamentlaridagi do'stlik guruhlarining muntazam onlayn uchrashuvlari va o'zaro tashriflarini tashkil etish zarurligini qayd etdi.
Do'stlik guruhlarining qo'shma tashabbuslarni ishlab chiqish, qonunchilik bazasini uyg'unlashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, hududlararo aloqalarni kengaytirish, infratuzilma va investitsiya loyihalarini rivojlantirish borasidagi ulkan salohiyatini ishga solish payti kelgani e'tirof etildi.
Yoshlar siyosati, ta'lim, ilm-fan, madaniyat sohalaridagi hamkorlikka doir qo'shma loyihalarni qonunchilik jihatdan qo'llab-quvvatlashning muhimligi ta'kidlandi.
Suhbat chog'ida Pokiston Milliy Assambleyasi spikeri O'zbekiston bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kelgusidagi rejalarni kelishib olish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilovni rasmiy tashrif bilan Islomobodga taklif etdi.
Muloqot yakunida Sardar Ayaz Sadiq Pokiston parlamentining O'zbekiston bilan barcha yo'nalishlardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanini tasdiqlab, ushbu maqsadda parlamentlararo forum o'tkazish tashabbusini qo'llab-quvvatlashini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi