Logo

Britaniya muassasalari bilan axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi

Iyul 01, 2024. 09:32 • 42 soniya

124
Britaniya muassasalari bilan axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi

LONDON, 1-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniyaning "The Wisdom Trust" notijorat tashkiloti vasiysi Manzar Kureshi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida Surxondaryo viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan bir qator loyihalar to'g'risida fikr almashildi.

Manzar Kureshi axborot texnologiyalari sohasida mo'ljallangan kollej, institut filiallarini barpo etish va yosh mutaxassislarni o'qitish, ish bilan ta'minlash va malaka oshirish uchun Buyuk Britaniyaga yuborishda O'zbekistonda keng imkoniyatlar mavjudligini ma'lum qildi.

"The Wisdom Trust" 2003-yilda "Wisdom4All" notijorat muassasasi sifatida faoliyat boshlagan. Rasman 2005-yildan e'tiboran "The Wisdom Trust" deb qayta ta'sis etilgan. Tashkilotning byudjeti xayriya mablag'lari hisobidan shakllantiriladi. Mablag'larning shakllanishining katta qismi Buyuk Britaniyaning hissasiga to'g'ri keladi. Shuningdek, unga 500 dan ziyod kichik xayriya tashkilotlari a'zo hisoblanadi."The Wisdom Trust"ga murojaat yo'llash tartibi onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish