Logo

Londondagi O'zbekiston elchixonasida mashhur tahlilchi bilan uchrashuv o'tkazildi

Noyabr 04, 2025. 10:59 • 46 soniya

390
Londondagi O'zbekiston elchixonasida mashhur tahlilchi bilan uchrashuv o'tkazildi

LONDON, 4-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida jahondagi nufuzli tahlil markazlaridan biri bo'lgan "Caspian Policy Center"ning Buyuk Britaniya bo'yicha maslahatchisi Devid Moran bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda Elchixona va "Caspian Policy Center" o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, kelgusida ham birgalikda qo'shma konferensiyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun, "Caspian Policy Center" markazi 2016-yilda tashkil etilgan bo'lib, Kaspiy mintaqasi davlatlarining iqtisodiy, siyosiy, energetika va xavfsizlik masalalarini o'rganishga ixtisoslashgan.

Devid Moran ushbu tashabbuslarni qo'llab-quvvatlab, bunday tadbirlarning o'tkazilishi siyosiy, iqtisodiy, energetika, ijtimoiy-siyosiy sohalarda fikr almashish va loyihalarni hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Shuningdek, tahlilchi bunday uchrashuvlar orqali Buyuk Britaniya jamoatchiligi, xalqaro tashkilotlar hamda Londonda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari o'rtasida O'zbekiston, Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasining boshqa davlatlarining iqlim o'zgarishiga qarshi kurash yo'nalishidagi faoliyatini keng o'ranish va tahlil qilish imkonini yaratishini bildirib o'tdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish