Logo

Eronda vaziyat keskinlashgani munosabati bilan O'zbekiston elchixonasi vatandoshlarga murojaat yo'lladi

Iyun 13, 2025. 11:15 • 38 soniya

119
Eronda vaziyat keskinlashgani munosabati bilan O'zbekiston elchixonasi vatandoshlarga murojaat yo'lladi

TEHRON, 13-iyun. /"Dunyo" AA/. Mintaqadagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan O'zbekistonning Erondagi elchixonasi ushbu mamlakatdagi vatandoshlarimizga xavfsizlik choralariga qat'iy rioya etish, rasmiy va diplomatik missiyaning rasmiy xabarlarini kuzatib borish yuzasidan murojaat yo'lladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan O'zbekiston elchixonasi Erondagi O'zbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralariga qat'iy rioya qilishni, shuningdek, Eron hukumati va O'zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borishni tavsiya qiladi, – deyiladi murojaatda. – Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O'zbekiston elchixonasining aloqa ma'lumotlarini doimo o'zingiz bilan olib yuring.

Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo'lsa, O'zbekistonning Tehrondagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qiling:

Favqulodda yordam telefonlari :

 22299780

 22832025

Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz

O'zbekistonning Erondagi elchixonasi".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish