Varshavada O'zbekiston va Polsha o'rtasida charm sanoati sohasida hamkorlikni rivojlantirish rejalari ko'rib chiqildi
Iyul 11, 2024. 11:31 • 30 soniya
• 136
VARSHAVA, 11-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha Charm sanoati palatasi prezidenti Marek Goreski bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar davomida O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi charm-poyabzal sanoati sohasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O'zbekiston charm-poyabzal sanoatining investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan batafsil taqdimot o'tkazildi.
Polsha tomoni O'zbekiston vakillarini 2024-yil 9-10-oktyabr kunlari Krakov shahrida bo'lib o'tadigan "POLSHOES Footwear Days" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.
Muloqot yakunida Marek Goreski boshchiligidagi biznes-missiyaning O'zbekistonga amaliy safarini tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi