Britaniya tomoni O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish jarayonini to'liq qo'llab-quvvatlashini tasdiqladi
Fevral 20, 2025. 08:23 • 44 soniya
• 491
LONDON, 20-fevral. "Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti (JST) masalalari bo'yicha maxsus vakili Azizbek Urunovning Londonga tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida Britaniya biznes va savdo vazirining o'rinbosari Garet Tomas, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va ekspertlar darajasida muzokaralar bo'lib o'tdi.
Uchrashuvlarda Britaniya O'zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim sheriklaridan biri sifatida ko'rishi va rasmiy Toshkent bilan har tomonlama aloqalarni yanada jadallashtirishdan manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.
Tomonlar xalqaro savdodagi zamonaviy tendensiyalarni muhokama qildilar.
Britaniya tomoni O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish jarayonini to'liq qo'llab-quvvatlashi tasdiqladi.
Shu bilan birga, Britaniya Jahon banki ko'magida amalga oshirilayotgan iqtisodiy o'sish va rivojlanish dasturi orqali O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish jarayoniga texnik yordamni kengaytirish, dastur doirasida mutaxassislarining institutsional salohiyatini mustahkamlash, ularning xalqaro savdo sohasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi