Yaponiya Hududiy assambleyasi delegatsiyasi ilk marotaba O'zbekistonga tashrif buyuradi
Oktabr 29, 2025. 16:05 • 30 soniya
• 71
TOKIO, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Xiroshima prefekturasi assambleyasining Xalqaro tinchlik va turizm qo'mitasi raisi, Liberal-demokratik partiyasi a'zosi Keyji Ebisu bilan onlayn uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida yapon tomoniga mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida parlament rolini oshirish, demokratik jarayonlarni qo'llab-quvvatlash, hududlarni rivojlantirish borasida mahalliy Kengashlarning faoliyati haqida so'zlab berildi.
Keyji Ebisu shu yil noyabr oyida Xiroshima prefekturasi assambleyasi raisi Takashi Nakamoto boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi rejalashtirilgani ma'lum qildi.
Tashrif davomida O'zbekiston va Xiroshima prefekturasi o'rtasida parlamentlararo, turizm va mehnat migratsiyasi yo'nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi