O'zbekiston TIV rahbari YUNICEF Ijrochi direktori bilan uchrashdi
May 26, 2025. 15:12 • 37 soniya
• 1087
TOSHKENT, 26-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun BMTning bolalar jamg'armasi (YUNICEF) Ijrochi direktori Ketrin Meri Rassell bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"BMTning bolalar jamg'armasi (YUNICEF) Ijrochi direktori Ketrin Meri Rassell xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston hukumati uchun mamlakatimiz va butun dunyo bo'ylab kelajak avlodlar farovonligi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish ustuvor vazifa bo'lib qolmoqda.
Bugungi uchrashuvimizda biz mintaqadagi millionlab bolalar uchun yorqin kelajak yaratishga qaratilgan muhim loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan keng fikr almashdik. YUNICEF bilan yaqin hamkorlikni yuqori qadrlaymiz va Jamg'arma faoliyatini to'liq qo'llab-quvvatlashni davom ettiramiz".
"Dunyo"AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi