Batumi shahrida Markaziy Osiyo va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Oktabr 23, 2026. 20:40 • 2 daq
• 171
TOSHKЕNT, 23-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Batumi shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun Batumi shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvini o‘tkazdik , – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuvda siyosiy-diplomatik muloqotni yanada chuqurlashtirish, transport-logistika yo‘laklarini diversifikatsiya qilish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdik.
Shuningdek, tarmoqlararo hamkorlik istiqbollari, jumladan, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va kimyo sanoati, energetika hamda elektrotexnika sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari ishbilarmon doiralari hamda hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildik.
Hamkorlikning muhim yo‘nalishlari sifatida turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni chuqurlashtirish va Buyuk ipak yo‘li merosi salohiyatidan samarali foydalanishni qayd etdik.
O‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, mintaqalararo sheriklikni rivojlantirish va bog‘liqlikni mustahkamlash borasidagi birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyorligimizni tasdiqladik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi