Markaziy Osiyo va Gruziya tashqi ishlar vazirlari Batumi dengiz portiga tashrif buyurdilar
Oktabr 24, 2026. 12:00 • 2 daq
• 112
TOSHKЕNT, 24-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Batumi shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Hamkasblarimiz bilan birgalikda Batumi dengiz porti faoliyati bilan tanishdik. Mazkur port Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yevropa o‘rtasidagi savdo-transport aloqalarida muhim ahamiyatga ega, – deb yozdi Baxtiyor Saidov telegram kanalida. – Transport yo‘laklarini yanada rivojlantirish va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz.
Barcha tadbirlarni yuqori darajada tashkil etgani hamda samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun Gruziya Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili xonimga, shuningdek, Ajariya Avtonom Respublikasi Hukumati raisi Zurab Pataradze janoblariga chuqur minnatdorlik bildiramiz”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi