Logo

Samarqandda O'zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining muzokaralari boshlandi

Aprel 23, 2025. 11:55 • 41 soniya

830
Samarqandda O'zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining muzokaralari boshlandi

TOSHKENT, 23-aprel. /"Dunyo" AA/. Bugun Samarqand shahrida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi ikki mamlakat delegatsiyalarining muzokaralari boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o'rtasidagi muzokaralar do'stona va konstruktiv ruhda boshlandi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbarining matbuot kotibi Axror Burxonov o'zining telegram kanalida. – Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilmoqda. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga, xususan, qo'shma loyihalarni amalga oshirish, qator sohalarda hamkorlikni kengaytirishga alohida e'tibor qaratilishi kutilmoqda".

Eslatib o'tamiz, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiya kecha Samarqandga kelgan edi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish