Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Samarqandda Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Aprel 23, 2025. 09:17 • 28 soniya

1165
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Samarqandda Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 23-aprel /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Samarqand shahar aeroportida tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov janoblarini Samarqandda kutib olishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Ikki va ko'p tomonlama kun tartibimizdagi keng ko'lamli masalalarni qamrab olgan mazmunli muzokaralar o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Biz O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi har tomonlama hamkorlikni xalqlarimiz farovonligi yo'lida yanada rivojlantirishga intilamiz".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish